Apple iPhone 6 smartfonlarining narxi va sotuvga chiqish sanasi e’lon qilindi - 11 Сентября 2014 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

Apple iPhone 6 smartfonlarining narxi va sotuvga chiqish sanasi e’lon qilindi

Дата: 08.12.2016
Автор: Admin

Apple kompaniyasi yangi iPhone 6 smartfoni hamda iPhone 6 Plus planshetofonini taqdim etdi. Ushbu gadjetlarning 16 Gb, 64 Gb va 128 Gb xotirali turlari sotuvga chiqariladi.

iPhone 6 smartfoni AQShda ikki yillik shartnoma bilan quyidagi narxlarda sotiladi:

  • 16 Gb – 199 dollar;
  • 64 Gb – 299 dollar;
  • 128 Gb – 399 dollar.

iPhone 6 Plus planshetofoni ham AQShda ikki yillik shartnoma bilan quyidagi narxlarda sotiladi:

  • 16 Gb – 299 dollar;
  • 64 Gb – 399 dollar;
  • 128 Gb – 499 dollar.

16 Gb xotirali iPhone 6 ning AQShda shartnomasiz ko‘rinishi 650 dollar, iPhone 6 Plus’ning 128 Gb xotirali turi esa 949 dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Yevropada 16 Gb xotirali iPhone 6 smartfoni 699 yevro, 128 Gb xotirali iPhone 6 Plus planshetofoni esa 999 yevrodan sotilishi taxmin qilinmoqda.

AQShda yangi iPhone 6 gadjetlari 19-sentabrdan, boshqa davlatlarda esa 26-sentabrdan sotila boshlanadi. Yil oxirigacha esa 115 ta davlatda ushbu smartfonlar sotuvi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Просмотров: 940

avatar
 
Loginiz: Paroliz: