Bugun Toshkentdagi “eng katta va eng zamonaviy” savdo markazi ochildi - 9 Декабря 2013 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

Bugun Toshkentdagi “eng katta va eng zamonaviy” savdo markazi ochildi

Дата: 11.12.2016
Автор: Admin-Aznaur

Dekabr oyida Toshkentda "eng katta va eng zamonaviy” savdo markazi ochilishi haqida avval xabar bergan edik.

"V kurse” nashrining ma’lum qilishicha, bugun 10:00 da ushbu gipermarketning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Uning o‘ziga xos jihati sifatida u yerda bouling klubi va 5 qavatli avtomobillar to‘xtash joyi borligi ko‘rsatilmoqda.

To‘rt qavatdan iborat zamonaviy savdo markazi milliy uslubda qurilgan bo‘lib, uning umumiy maydoni 5500 m² dan iborat. Birinchi qavatda oziq-ovqat mahsulotlari assortimentiga ega bo‘limlar joylashgan. Qolgan qavatlar esa keyinroq ochiladi, deyiladi xabarda.

Ikkinchi qavatda brend do‘konlari, 3-qavatda ko‘ngilochar majmua va 5D kinoteatri joylashsa, eng yuqori qavat restoran va 3D kinoteatrdan iborat bo‘ladi.

Ushbu savdo markazi poytaxtimizning Shayxontohur tumani Qoratosh mavzesida (mo‘ljal — "Korzinka” do‘koni qarshisida) qad ko‘tarmoqda.

Yangi gipermarket "Makro” kompaniyasiga tegishli bo‘lib, kompaniya yaqinda Mirzo Ulug‘bek tumanida supermarketni ishga tushirgan.

Просмотров: 2414

avatar
 
Loginiz: Paroliz: