Eng ishonchsiz parollar beshligi aniqlandi - 23 Января 2014 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

Eng ishonchsiz parollar beshligi aniqlandi

Дата: 03.12.2016
Автор: Admin-Aznaur

Foydalanuvchilar internetda ishlatadigan eng ishonchsiz parollar ro‘yxati Amerikaning SplashData kompaniyasi tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda "ITAR-TASS” axborot agentligi xabar berdi.


Birinchi beshtalikdan shunga o‘xshash – "12345678”, "qwerty” va "abc123” kabi juda oson parollar o‘rin oldi.Ushbu ma’lumotlar xakerlar tomonidan o‘g‘irlangan parollar tahlili asosida olingan. 2013-yilda eng ko‘p tarqalgan parol "123456” kombinatsiyasi bo’lib, avvalgi peshqadam parol — "password” ikkinchi o’ringa tushib qoldi.

Boshqa mashhur parollarga  "adobe123” va "photoshop” so‘zi, shuningdek, ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilganda "maymun”, "menseniyaxshiko‘raman”, "soya” va "baxt” so‘zlari kiritildi.

"Biz bu ro‘yxatni jamoat e’tiborini jalb etish uchun e’lon qilyapmiz, chunki bu kabi parollardan foydalanish xavfli”, — deb ta’kidladi SplashData kompaniyasi rahbari Margan Sleyn. – "Foydalanuvchilar o‘zlarini himoyalash uchun oddiy ehtiyot choralarini ko‘rishi kerak. Murakkab, eng muhimi, turli saytlar uchun har xil parollar tuzish lozim”.

Kompaniya mutaxassislari foydalanuvchilarga yuqorida sanab o‘tilgan parollarni zudlik bilan almashtirishni tavsiya qilmoqda. Bundan tashqari,  ekspertlar ishonchli parol tuzish uchun bosh harflardan foydalanishning o‘zi yetarli emasligini, albatta, raqamlar va "yulduzcha”, "panjara” kabi maxsus belgilarni qo‘shish zarurligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, parollarni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak.

Просмотров: 1515

avatar
 
Loginiz: Paroliz: