Google Nexus 4 smartfoni bir soat ichida sotib bo'lindi - 22 Ноября 2012 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

Google Nexus 4 smartfoni bir soat ichida sotib bo'lindi

Дата: 06.12.2016
Автор: Admin-Aznaur
13 noyabr kuni Evropa, AQSh va Avstraliyadagi Google Play internet-do'konlarida paydo bo'lgan Google Nexus 4 smartfoni deyarli bir soat ichida sotib bo'lindi, deya xabar beradi WebProNews. Xotirasi 8 Gb va 16 Gb ni tashkil etuvchi telefonning ikkala versiyasi ham g'aroyib natijalarni ko'rsatdi. Google Nexus 10 plansheti (sleva) va Google Nexus 4 smartfoni. © Jeff Chiu/AP Photo Google Play bunday savdolarga tayyor emasligini ko'rsatdi. Turli uzilishlar tufayli yuzaga kelgan uning beqaror faoliyati foydalanuvchilarning noroziligiga sababchi bo'ldi. Orzusidagi qurilmani xarid qilishga ulgurmaganlar Google Play saytida o'z e-mail manzillarini qoldirishlari mumkin, ularga smartfonlar yana qachon savdoga chiqishi haqida xabar yuboriladi. Shu kunning o'zida Google Nexus 10 plansheti ham savdoda paydo bo'lib, u ham xaridorlar orasida katta shov-shuvga sababchi bo'ldi. Xususan, Buyuk Britaniyada 32 Gb li o'rnatilgan xotiraga va Wi-Fi ga model sotib bo'lingan va hozir faqat Wi-Fi va 16 Gbayt li flesh-xotiraga ega Nexus 10 taklif qilinmoqda.
Просмотров: 703

avatar
 
Loginiz: Paroliz: