“MTS” o‘z tarmog‘ini O‘zbekistonda 1-dekabrdan ishga tushiradi - 26 Сентября 2014 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

“MTS” o‘z tarmog‘ini O‘zbekistonda 1-dekabrdan ishga tushiradi

Дата: 10.12.2016
Автор: Admin

Rossiyaning “MTS” mobil aloqa operatori O‘zbekistonda mamlakat hukumati bilan tuzilgan qo‘shma korxona doirasida 1-dekabrda aloqa tarmog‘ini ishga tushirmoqchi, deya xabar bermoqda Reuters.

 

“MTS” xabariga ko‘ra, ayni paytgacha qo‘shma korxonaga 2G/3G/LTE litsenziyalar, zarur chastota diapazoni, raqam sig‘imi va ish uchun zarur bo‘lgan boshqa ruxsatnomalar berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda investitsiyalarning qaytarib berilishi va yaxshi saqlanishi uchun kafolat taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqindan boshlab, O‘zbekistonning ko‘pgina hududlarida mobil aloqa foydalanuvchilari telefonlarida “MTS” tarmog‘i ko‘rina boshladi. Tarmoq qurilmalarda “UZB MTS” nomi bilan paydo bo‘ldi. Ammo tarmoqqa ulanganda qurilmada “No service” (“Aloqa yo‘q”) degan yozuv paydo bo‘lmoqda va qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishning imkoniyati yo‘q. Bu borada kompaniya tarmoqni sinovdan o‘tkazayotgani haqida taxmin qilish mumkin.

Avvalroq, “MTS” kompaniyasi O‘zbekiston hukumati bilan murosa bitimi imzolagani, O‘zbekistonda yangi qo‘shma korxona tashkil etishi, korxonaning 50,01 foizi “MTS”ga, 49,99 foizi esa O‘zbekiston hukumatiga tegishli bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi UMS’ga ilk faoliyatini olib borishi uchun 2,5 million abonent raqami ajratgani, ulardan 1,5 millioni Toshkent aholisi uchun berilgan bo‘lib, qolgan raqamlar O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha taqsimlanganligi 18-sentabr kuni e’lon qilingan edi.

Просмотров: 1038

avatar
 
Loginiz: Paroliz: