Nokia Lumia 730 – “selfi telefoni” rasman taqdim etildi - 5 Сентября 2014 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

Nokia Lumia 730 – “selfi telefoni” rasman taqdim etildi

Дата: 03.12.2016
Автор: Admin

Microsoft-Nokia kompaniyasining ishchi nomi Lumia Superman bo‘lgan va “selfi telefoni” deb atalgan smartfoni IFA-2014 ko‘rgazmasi davomida taqdim etildi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

 

“Selfi telefoni” ikki xil modelda ishlab chiqariladi. Ulardan biri 4G LTE tarmog‘ida ishlaydigan Lumia 735 bo‘lsa, boshqasi ikki SIM-kartali, 3G tarmog‘ida ishlaydigan Lumia 730 bo‘ladi.

Smartfon asosan selfi suratlar olish uchun mo‘ljallangan. Shu bois, uning 5 megapikselli old kamerasi kengroq – 22 millimetrli linzaga ega. Bu, ushbu kamerada olingan suratga ko‘proq kishi sig‘adi, degani :)

Taqdimotchilarning so‘zlariga ko‘ra, quyidagi Oskar mukofotida olingan va mashhur bo‘lib ketgan selfi surati “Selfi telefoni” bilan olinganda, surat ancha sifatli bo‘lar edi.

Ushbu smartfonda selfi suratlar olish uchun mo‘ljallangan maxsus dastur o‘rnatilgan bo‘ladi. Uning yordami suratlarni tahrirlash, yaxshiroq holatga keltirish va hatto tishlarni ham oqartirish mumkin :)

Smartfon 4,7 dyuym 720×1280 pikselli HD ClearBlack OLED displey, 1,2 GGs chastotaga ega Snapdragon 400 va Adreno 305 grafika protsessorlari, 1 Gb tezkor va 8 Gb ichki xotira (+MicroSD), 5 megapikselli old va 6,7 megapikselli orqa kameraga ega. U Windows Phone 8.1 operatsion tizimida ishlaydi.

Smartfonning ikki SIM-kartali Lumia 730 modeli 199 yevro, Lumia 735 modeli esa 219 yevrodan sotiladi.

Shuningdek, Microsoft-Nokia kompaniyasi 4-sentabr kuni yuqori xususiyatlarga ega Lumia 830 smartfonini ham taqdim etgan. “Selfi telefoni” hamda Lumia 830 smartfonlarida olingan ilk suratlarni “Parol” nashrining ushbu fotojamlanmasida tomosha qilishingiz mumkin

manba : daryo.uz

Просмотров: 431

avatar
 
Loginiz: Paroliz: