Paynet to‘lov komissiyalarini bekor qildi - 19 Марта 2014 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

Paynet to‘lov komissiyalarini bekor qildi

Дата: 03.12.2016
Автор: Admin

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi "Tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 56-sonli qaroriga asosan Paynet to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilish hisob-kitoblariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Jumladan, 2014-yilning 19-martidan e’tiboran ayrim to‘lovlar vaqtida to‘lovchilardan olinadigan komissiyalar bekor qilindi. Bu xususda kompaniyaning rasmiy sayti xabar bermoqda.


Saytda ma’lum qilinishicha, quydagi xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lovchilardan komissiyalar olinmaydi:

  1. mobil aloqa operatorlari (Beeline, Perfectum Mobile, UCell, UzMobile),
  2. shahar telefon tarmoqlari ("O‘zbektelekom” AK filiallari),
  3. internet provayderlari ("Sharq Telekom”, Uzonline, Skyline),
  4. xalqaro, shaharlararo telefoniya xizmatlari (Platinum Mobile, Platinum Connect Online),
  5. televideniye xizmatlari (Uzdigital TV, Stars TV),
  6. Optik tolali aloqa tarmog‘i xizmatlari  (ISTV).

Shu munosabat bilan, ayrim xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatib turiladi, jumladan:

  • shahar telefon tarmoqlari ("O‘zbektelekom” AK filiallari)
  • internet provayderlari ("Sharq Telekom”, Uzonline)
  • televideniye xizmatlari (UzDigital TV, Stars TV)

Hozirda Paynet va yuqorida keltirilgan xizmatlar taqdim etuvchilar o‘rtasida qaror talablaridan kelib chiqqan holda to‘lovlarni qabul qilishning yangi shartlari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Ularning natijalari buyicha to‘lov agentlik tizimiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va yangiliklar, shuningdek, ayrim xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar qabul qilishning yo‘lga qo‘yilishi haqida kompaniya tomonidan tez orada to‘liq ma’lumot beriladi, — deyiladi Paynet.uz saytida.

Просмотров: 1527

avatar
 
Loginiz: Paroliz: