Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonga chetdan mashina olib kirish qanchaga tushishini ma’lum qildi - 9 Декабря 2013 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonga chetdan mashina olib kirish qanchaga tushishini ma’lum qildi

Дата: 05.12.2016
Автор: Admin-Aznaur

Davlat soliq qo‘mitasi Respublika yo‘l jamg‘armasi bilan mamlakat hududiga chetdan avtomobil olib kirish masalasi bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun matbuot konferensiyasi tashkil qildi. Bu haqda "Podrobno” nashri xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, qonunchilikka ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslarga respublika hududiga transport vositalarini olib kirish huquqi beriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar shaxsiy ehtiyojlarini qondirish yuzasidan mamlakatga transport vositalarini vaqtincha olib kirishi mumkin.

Respublika hududiga kiritilayotgan transport vositalari bojxona idoralari tomonidan rasmiylashtiriladi. Soliq kodeksining 320-moddasiga binoan, respublika hududiga transport vositalarini olib kirish yoki vaqtinchalik olib kirish hamda respublika hududidan tranzit sifatida foydalanish vaqtida Respublika yo‘l jamg‘armasiga ma’lum miqdordagi  to‘lov to‘lanadi.

O‘zbekiston hududiga avtomobil vositalarini olib kirish va hududdan tranzit sifatida foydalanish uchun (bitta olib kiruvchiga) 400 AQSh dollari miqdorida to‘lov belgilangan. Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston davlatlari uchun alohida to‘lov miqdori belgilangan. Xabarda bu to‘lov miqdori qanchani tashkil qilishi ko‘rsatilmagan.

Bundan tashqari, respublika hududiga transport vositalarini olib kirish yoki vaqtinchalik olib kirishda transport vositalari egalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan o‘tish uchun foydalanilgan muddatdan kelib chiqib, har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqiga bog‘liq foizlardagi to‘lovni amalga oshiradi.

Shunga muvofiq, uch yilgacha foydalanilgan transport vositalari uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi, uch yildan yetti yilgacha foydalanilgan avtomobillar uchun yetti foiz, yetti yildan ko‘p vaqt davomida foydalanilgan transport vositalari uchun besh foiz miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.

Xabarda ta‘kidlanishicha, respublika hududiga transport vositalarini olib kirish yoki vaqtinchalik olib kirishda quyidagi shaxslar to‘lovlardan ozod qilinadi:

  • ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘l boshqaruviga moslashtirilgan yengil avtomobillar yoki motoaravalarga egalik qiluvchi barcha guruh nogironlari;
  • O‘zbekiston, Ukraina va Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan, ixtisoslashtirilgan savdo tarmog‘idagi yangi avtomobilga egalik qiluvchi fuqarolar;
  • yaqin qarindoshlaridan avtomobil yoki motoaravalarni hadya yoki meros sifatida qabul qilib olgan fuqarolar.
Просмотров: 1389

avatar
 
Loginiz: Paroliz: