Toshkent metrosi tez orada yangi vagonlar bilan ta’minlanadi - 17 Октября 2014 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

Toshkent metrosi tez orada yangi vagonlar bilan ta’minlanadi

Дата: 04.12.2016
Автор: Admin

Toshkentda MDH mamlakatlari metropolitenlari, ushbu transport turi uchun vagon, turli ehtiyot qism va uskunalar ishlab chiqaradigan yirik sanoat korxonalarini birlashtirgan “Metro” xalqaro assotsiatsiyasi kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

 

Unda MDH mamlakatlari metropolitenlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish masalasi muhokama etildi.
 
Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi A.Sodiqov metroning zamonaviy megapolislarda eng qulay, ishonchli yo‘lovchi tashish vositasi sifatida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Mustaqillik yillarida xavfsiz, qulay va yuksak xizmat ko‘rsatish madaniyati namunasiga aylangan Toshkent metropoliteni «Metro» xalqaro assotsiatsiyasining teng huquqli a’zosi bo‘lib, tashkilot faoliyatida faol ishtirok etib kelmoqda.
 
Tadbirda ayni paytda MDH mamlakatlari metropolitenlari kuniga 16 millionga yaqin yo‘lovchi tashiyotgani, bu boradagi yillik ko‘rsatkich esa qariyb 5 milliard nafarni tashkil qilayotgani ta’kidlandi.
 
Tadbirda “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi boshlig‘i O.Xudoyqulov ta’kidlab o‘tganidek, Vazirlar Mahkamasining shu yil 14-martda qabul qilingan farmoyishiga muvofiq, Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish va ta’mirlash zavodida metro vagonlarini kapital ta’mirlash, qayta tiklash ishlari amalga oshirilishi tufayli ularning xizmat ko‘rsatish muddati 15 yilga yetkaziladi. Poytaxt metropoliteni esa tez orada tashqi va ichki dizayni yaxshilangan, qulay va yuqori xavfsizlik tizimiga ega yangi vagonlar bilan ta’minlanadi.

 

Просмотров: 3127

avatar
 
Loginiz: Paroliz: