Toshkentda 15-mart kuni umumxalq hashari o‘tkaziladi - 14 Марта 2014 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

Toshkentda 15-mart kuni umumxalq hashari o‘tkaziladi

Дата: 02.12.2016
Автор: Admin
Toshkent shahar hokimining 2014-yil 10-mart kungi qaroriga binoan mart—aprel oylari Toshkent shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi, deb e’lon qilindi. Oylikni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi va shahar ishchi guruhi tasdiqlandi. Rejaga ko‘ra, joriy yilning 15-mart kuni umumxalq xayriya shanbaligi o‘tkaziladi. Bu haqda shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Shahar ishchi guruhi zimmasiga mutasaddi idora va hokimliklar bilan birga ushbu tadbirlar doirasida aholi yashash joylari, ko‘p qavatli bino va uylar atroflari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgoh hamda qabristonlar, ariqlar, ko‘cha va yo‘laklarni, shuningdek, bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, barcha turar joy mavzelari, mahallalarda gul, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, bo‘sh hududlarda bog‘lar barpo etish, mavjud daraxtlarni butash va oqlash kabi ko‘plab tashkiliy ishlarni amalga oshirish yuklatilgan.

Shuningdek, qarorda ishchi guruhiga keksa va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish vazifasi ham topshirilgan.

Mutasaddi tashkilotlar oylik davomida va shanbalik kuni to‘planadigan chiqindilarni tashkiliy ravishda olib chiqilishi uchun zarur texnik vositalar va anjomlarni ta’minlashi ko‘rsatib o‘tilgan.

15-mart kuni bo‘lib o‘tadigan xayriya shanbaligi doirasida barcha muassasa, tashkilot va korxonalarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi "Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobiga o‘tkazilishi qayd etilgan.

Qarorda belgilanishicha, ushbu mablag‘lar "Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, kam ta’minlangan oilalarga, nogiron va yolg‘iz keksalarga moddiy hamda ma’naviy yordam ko‘rsatish, yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mahallalardagi mavjud sport maydonlarini ta’mirlash, ularga kerakli anjomlar xarid qilish kabi maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Просмотров: 927

avatar
 
Loginiz: Paroliz: