Toshkentda kuzatuv kameralari o‘rnatilishi rejalashtirilgan chorrahalar ma’lum bo‘ldi - 17 Октября 2014 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

Toshkentda kuzatuv kameralari o‘rnatilishi rejalashtirilgan chorrahalar ma’lum bo‘ldi

Дата: 06.12.2016
Автор: Admin

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” (“Toshkent haydovchilari”) guruhi a’zolaridan biri Toshkentda kuzatuv kameralari o‘rnatiladigan chorrahalar ro‘yxatini guruhga joyladi.

“Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish va jamoatchilik tartibini saqlashning kompyuterlashgan tizimini yaratish” deb nomlangan ushbu hujjatdan poytaxtdagi 120 ta chorraha o‘rin olgan.

“Eksklyuziv! Kameralar o‘rnatiladigan 120 ta ko‘cha va chorrahalar ro‘yxati. Tizimni ishga tushirish sanasi — 2015-yil mart”, — deb yozadi muallif. Shuningdek u foydalanuvchilarni bunga oldindan tayyorgarlik ko‘rib, qoidalarni buzmaslikni mashq qilishga chaqirib qolgan.

Ta’kidlash joiz, ushbu ro‘yxatning rasmiyligi mutasaddi davlat organlari tomonidan tasdiqlanmagan.

Postga fikr bildirganlarning bir qismi bunday tadbirlarning qo‘llanilayotganidan mamnunlik bildirib, shaharda qoidabuzarliklar kamayishiga umid bildirib qolgan. Biroq ba’zi foydalanuvchilar endi qoida buzib bo‘lmaslikdan afsuslanib, kameralar o‘rnatilishiga qarshi chiqqan.

Ta’kidlash joiz, so‘nggi bir necha oy ichida Toshkentdagi chorrahalarga kuzatuv tizimini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Kameralar va dispetcherlik markazi o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun “O‘zbektelekom” AK aloqa liniyalarini o‘tkazmoqda.

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligining kompyuterlashgan tizimini Shveysariyaning AGT International korporatsiyasi joriy qilmoqda.

Kameralarni avval Toshkentda, so‘ng Samarqandda, undan keyin esa butun respublika bo‘ylab o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Dastlab Toshkentdagi 120 ta chorrahaga kameralar o‘rnatish va buning uchun 1200 ta kamera sotib olish ko‘zda tutilgan edi. Yakunda kamera bilan jihozlanadigan chorrahalar soni 160 tagacha ko‘paytirgani xabar qilindi.

Просмотров: 2722

avatar
 
Loginiz: Paroliz: