Toshkentdagi Inxa universitetida o‘qish narxi 5000 dollarni tashkil etadi (batafsil ma’lumot) - 22 Апреля 2014 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

Toshkentdagi Inxa universitetida o‘qish narxi 5000 dollarni tashkil etadi (batafsil ma’lumot)

Дата: 05.12.2016
Автор: Admin

22-аprel kuni Aloqa tarixi muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Janubiy Koreyaning Inxa universiteti ma’muriyati hamkorligida Toshkent shahrida Inxa universiteti faoliyatini tashkil etishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Inha universiteti. Foto: evetopia.com

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, yangi ta’lim dargohi joriy yilda texnikaning eng so‘nggi qulayliklari bilan jihozlangan o‘quv majmuida, Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 9, 13 “a” binolarida faoliyatini boshlaydi.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining tarix instituti hamda “Fan” nashriyotining sobiq binolarida keng ko‘lamli kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Universitetning yangi o‘quv majmuida o‘quv binolari bilan bir qatorda, talabalar hamda xorijlik mutaxassislar uchun turar-joy binolarini qurish ham ko‘zda tutilgan.

Inxa vakilining ta’kidlashicha, yangi universitetga qabul qilish 7-maydan boshlab amalga oshiriladi. Abituriyentlar joriy yilning 7-may kunidan 21-iyungacha Toshkent shahridagi Inxa universitetning rasmiysaytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Onlayn ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng abituriyentlar 2014-yil 6-iyundan 20-iyungacha, har kuni soat 18:00 ga qadar universitet qabul komissiyasiga zarur hujjatlarni taqdim etishi lozim.

Qabul komissiyasiga topshirish zarur bo‘lgan hujjatlar:

  • Аriza;
  • IELTS tizimi guvohnomasi;
  • O‘rta, o‘rta-maxsus yoki oliy ta’limni tugatganligi to‘g‘risidagi hujjat, OTMni tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi (OTMni joriy yilda tugatadiganlardan tashqari);
  • 3×4 hajmdagi 6 dona fotosurat;
  • №086 shaklidagi tibbiy ma’lumot;
  • Harbiy guvohnoma nusxasi;
  • Fuqarolik pasporti nusxasi yoki O‘zbekiston rezidentligi to‘g‘risida ma’lumot.

Universitetga kirish uchun abituriyentlar 6-iyul kuni matematika hamda fizika fanlaridan yozma, 27-iyulda ingliz tilidan og‘zaki imtihon topshiradi. Imtihon savollari O‘zbekiston Respublikasining umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim (akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari) muassasalariga mo‘ljallangan dasturlar asosida tuziladi. Imtihon natijalari 8-avgust kuni e’lon qilinadi.

Toshkent shahrida Inxa universitetini tashkil etish bo‘yicha muassasalararo komissiyaning qaroriga muvofiq, o‘rta umumta’lim maktabi (11 yillik), akademik litsey va kasb-hunar kollej (12 yillik)larini tamomlaganlar sinov imtihonlari natijalariga ko‘ra, to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul  qilinadi.

Universitetda o‘qish narxi yiliga qariyb 5000 AQSh dollarini tashkil etadi. To‘lov Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi. Taqqoslash uchun: Janubiy Koreyadagi Inxa universitetida o‘qish narxi yiliga 10 ming dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, eng kamida 10 ta grant o‘rni tashkil etish ham ko‘zlanmoqda. Bu o‘rinlar kirish imtihonlarida faqat eng yuqori ballarni to‘plaganlar uchun mo‘ljallanadi.

Toshkent shahridagi Inxa universitetining 2014—2015-o‘quv yilida ilk darslari joriy yilning 1-oktabr kunidan boshlab tashkil etiladi. Unda ta’limning uchta — kompyuter injiniring, dasturiy injiniring va kompyuter tarmoqlari injiniringi yo‘nalishlari bo‘yicha 150 nafar bakalavr qabul  qilinadi.

Universitetda darslar ingliz tilida olib borilishini inobatga olgan holda, abituriyentlardan IELTS (Xalqaro ingliz tili test tizimi)da ingliz tilini 5,0 ball darajasida bilish talab etiladi.

Ta’lim muassasasida o‘quv ta’limning kunduzgi shaklida Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. O‘qish davomiyligi 4 yilni tashkil etadi.

Toshkent shahridagi Inxa universiteti qabul  komissiyasi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Umid ko‘chasi 1-“a” uyda joylashgan Turin politexnika universiteti qoshidagi akademik litseyda faoliyat ko‘rsatadi.

Shuningdek, matbuot anjumanida Universitet bitiruvchilariga Inxa universiteti (Koreya Respublikasi)ning belgilangan namunadagi O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb tan olinadigan diplomi berilishi qayd etildi.

Просмотров: 3451

avatar
 
Loginiz: Paroliz: