Yangi chempionlar aniqlandi - 8 Февраля 2013 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

Yangi chempionlar aniqlandi

Дата: 10.12.2016
Автор: Khusan

Poytaxtimizda 10 va 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE qoidalari asosida o‘tkazilgan musobaqada ikki yuz nafarga yaqin o‘g‘il-qiz kuch sinashdi. Eng iqtidorli shaxmatchilarga joriy mavsumda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnashish huquqining berilishi bellashuvlarning keskin va murosasiz o‘tishiga xizmat qildi.

Har bir yosh guruhida chempion va sovrindorlar so‘nggi turda aniqlandi. 10 yoshgacha o‘g‘il bolalar bahsida oltin medalga jahon va Osiyo chempioni, poytaxtlik Nodirbek Abdusattorov asosiy da’vogar edi. Lekin u so‘nggi turda o‘z hamshahri Suhrob Avvalboyev bilan durang o‘ynab, yarim ochko yo‘qotdi. Peshqadamning ochko yo‘qotishi Javohir Sindarovga qo‘l keldi. Toshkentlik shaxmatchi buxorolik Daler Saidovni mot qilib, jami sakkiz ochko bilan chempion bo‘ldi. Nodirbek Abdusattorov bu gal kumush medal bilan kifoyalangan bo‘lsa, navoiylik Mehriddin Yo‘ldoshev kuchli uchlikdan joy oldi.

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda barcha sovrinli o‘rinlar poytaxt vakillari – yetti yarimtadan ochko jamg‘argan Dilbar Hamroyeva va Yuliya Xegay, olti ochko to‘plagan Leyla Kimga nasib etdi.

16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar musobaqasida chempionlikka da’vogarlik qilayotgan olti nafar shaxmatchi to‘qqizinchi turda o‘zaro kuch sinashdi. O‘tgan yilgi chempion – FIDE ustasi Oleg Artemenkoni mag‘lubiyatga uchratgan toshkentlik Jahongir Shavdirov 7,5 ochko bilan chempion bo‘ldi. Toshkent viloyati sharafini himoya qilgan "Umid nihollari – 2012” g‘olibi Alisher Bekmurodov toshkentlik FIDE ustasi Temur Igoninni yengib, yetti ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatimizning ko‘p karra chempioni Ortiq Ne’matov oxirgi bahsda o‘z hamshahri Odil Rahmonni yengib, kuchli uchlikdan joy oldi.

Qizlar o‘rtasida ham kutilmagan natijalar kuzatildi. Chempionlik so‘nggi turda toshkentlik Bahora Abdusattorova bilan durang o‘ynab, yetti ochko jamg‘argan samarqandlik Gulhayo Narziqulovaga nasib etdi. Bahora esa uchinchi o‘rinni egalladi. Farg‘ona viloyati vakili jahon chempionati sovrindori Gulruhbegim Tohirjonova to‘qqizinchi tur oldidan birinchi o‘rinda borayotgandi. Hal qiluvchi o‘yinda u yana bir farg‘onalik shaxmatchi Nodirabegim Parpiyevaga yutqazib, sovrindan mosuvo bo‘ldi. Bu g‘alabadan so‘ng Nodira kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Chempionatning g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston terma jamoasi safida xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiladi.


Манба: gov.uz

Просмотров: 1125

avatar
 
Loginiz: Paroliz: