Yangi iPhone 6 smartfoni O‘zbekistonda 5,5 million so‘mdan sotuvga chiqdi - 21 Сентября 2014 - REFERATLAR.Uz - Barcha Turdagi Referatlar To'plami
Sayt Menyusi
Xizmatlar
Biz Facebookdamiz!
Teglar
Qidiruv
Shaxsiy profil
Гость
Ro'yxatdan o'ting yoki Login-Parol orqali kiring va to'liq imkoniyatlarga ega bo'ling!
Referatlar bo'limi
Statistika
uzbek.mobi

Yangi iPhone 6 smartfoni O‘zbekistonda 5,5 million so‘mdan sotuvga chiqdi

Дата: 03.12.2016
Автор: Admin

Apple iPhone 6 smartfonining 16 Gb ichki xotiraga ega turi Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida 20-sentabrdan boshlab sotilmoqda. Bu haqda do‘konning Facebook’dagi sahifasi xabar berdi

Yangi smartfonning Space Gray (to‘q kulrang) va Silver (kumush) rangli turlarini savdo majmuada 5 550 000 so‘mdan sotib olish mumkin. iPhone 6 Plus planshetofoni va iPhone 6 smartfonining boshqa xotirali turlari yaqin kunlar ichida sotila boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, smartfonlarning 16, 64 va 128 Gb ichki xotiraga ega turlari mavjud. iPhone 6 smartfoni 4,7 dyuym, iPhone 6 Plus esa 5,5 dyuymli displeyga ega.

Yangi iPhone 6 smartfonlari 19-sentabrdan boshlab Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gongkong, Kanada, Puerto Riko, Singapur, AQSh, Fransiya va Yaponiyada sotila boshlangan edi. Shuningdek, avstraliyalik ilk iPhone 6 xaridorlaridan biri yangi smartfonini qo‘lidan tushirib yuborishga ham ulgurdi.

Просмотров: 1075

avatar
 
Loginiz: Paroliz: